
Mobil qurilmalar olib kiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!
30 ноябр, 2023O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmoniga asosan joriy yil 1 dekabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 000 so‘m etib belgilandi.
Hurmatli foydalanuvchilar, Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qaroriga muvofiq, qurilmalarni IMEI-kodlarini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilangan.
Shu sababli joriy yil 1 dekabrdan qurilmalarni IMEI-kodlarini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori 68 000 so‘m bo‘lganligini maʼlum qilamiz.