Foydali ma'lumot
Ko'p beriladigan savollarga javoblar
Diqqat
Xizmatga to'lovni tizim operatorida arizani o'zi kelib jo'natgan yoki rasmiylashtirgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kuni ichida amalga oshirish mumkin
Mobil qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro'yxatdan o'tkazish
- 1170 qisqa raqamiga SMS jo'natgan holda yoki *1170# USSD so'rovi orqali;
- Tizim operatorining www.my.gov.uz veb-saytida;
- IDXYPning www.my.gov.uz veb-saytida;
- Tizim operatorida;
- Pochta aloqasi nuqtalarida.
Jismoniy shaxslar uchun ogohlantirish!
IMEI-kod/kodlarni mahalliy mobil aloqa operatorlarining SIM-kartasini ulagan vaqtdan boshlab 30 kalendar kuni ichida ro'yxatdan o'tkazish kerak. Aks holda, qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro'yxatdan o'tkazmaguncha abonent GSM standartiga ega bo'lgan mahalliy mobil qurilmalarning xizmatlaridan foydalanish imkonidan mahrum etiladi.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazishni qurilmani O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirgan shaxs amalga oshiradi.
Mobil qurilmani xarid qilishdan oldin uning IMEI-kodi holatini tekshiring. Mobil qurilmaning IMEI-kodini bilish uchun telefon klaviaturasida *#06# kombinatsiyasini tering.