Afzalliklari
O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimi
Noyob identifikatsion kodlarning to'g'riligini tekshirish orqali mobil qurilmalar egalarining huquqlari himoyasini ta'minlash
Mobil qurilmalarni ularning egalariga ma'lum qilmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanilishiga to'sqinlik qilish
Xalqaro standartlarga mos bo'lmagan sifatsiz mobil qurilmalarining realizatsiyasini oldini olish
Joriy etish tartibi
O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Makhamasining 2020-yil 31-dekabrdagi №-828 sonli
«O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tartiblari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq mamlakatda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatga olish tizimi joriy etildi.
Shuningdek, tizim operatori sifatida "O'zbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" belgilandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi №-778 sonli
"O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatga olish tizimini joriy etish tartibi tasdiqlangan edi.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatga olish uchun to'lovni «Payme», «Click» mobil ilovalari, shuningdek bank orqali amalga oshirish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Makhamasining 2020-yil 31-dekabrdagi №-828 sonli qaroriga muvofiq
«O‘zbekiston respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»
Iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
Ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun IMEI-kodlarni ro'yxatdan o'tkazish narxini hisoblash
Diqqat
Xizmatga to'lovni tizim operatorida arizani o'zi kelib jo'natgan yoki rasmiylashtirgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kuni ichida amalga oshirish mumkin
Mobil qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro'yxatdan o'tkazish
- Tizim operatorining www.uzimei.uz veb-saytida;
- IDXYPning www.my.gov.uz mobil ilovasida;
- Birda mobil ilovasida.
- Tizim operatorida;
- Pochta aloqasi nuqtalarida.
Jismoniy shaxslar uchun ogohlantirish!
IMEI-kod/kodlarni mahalliy mobil aloqa operatorlarining SIM-kartasini ulagan vaqtdan boshlab 30 kalendar kuni ichida ro'yxatdan o'tkazish kerak. Aks holda, qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro'yxatdan o'tkazmaguncha abonent GSM standartiga ega bo'lgan mahalliy mobil qurilmalarning xizmatlaridan foydalanish imkonidan mahrum etiladi.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazishni qurilmani O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirgan shaxs amalga oshiradi.
Mobil qurilmani xarid qilishdan oldin uning IMEI-kodi holatini tekshiring. Mobil qurilmaning IMEI-kodini bilish uchun telefon klaviaturasida *#06# kombinatsiyasini tering.