UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

IMEI-kodni tekshirish

Введите код с картинки

IMEI-kodini bilish va maydonchaga joylashtirish uchun telefon klaviaturasida *#06# kombinatsiyasini tering

IMEI-kodni tekshirish uchun qo‘llanma

Ro‘yxatdan o‘tish

Jismoniy shaxslar (rezidendlar) uchun ro‘yxatdan o‘tish

Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan boshlab UZIMEI tizimi operatoriga murojaat qilish orqali mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlari pullik asosda ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Bitta IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov 44 600 so‘mga teng
(SIM-slot faollashtirilgandan so‘ng 30 kalendar kun ichida)

Bitta IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov 55 750 so‘mga teng
(SIM-slot faollashtirilgandan so‘ng 30 kalendar kuni o‘tganidan keyin)

+998
 
Введите код с картинки

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish usullari

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘llanma

IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar

Ro‘yxatga olish bo‘limlari

  

FAQ Ko‘p so‘raladigan savollar

  • IMEI nima?

    IMEI — 15 raqamdan iborat bo‘lgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartidagi mobil aloqa operatorini identifikatsi bo‘ladigan mobil qurilmaning seriya raqami.

    IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini ta'minlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud bo‘lib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan ko‘p slotlari mavjud bo‘lsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega bo‘ladi.

    IMEI-kod qurilmaning klaviaturasida *#06# buyrug‘ini terish orqali, bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmani qutisida, kafolat kartasida va ayrim qurilmalarni batareyasi ostida yozilgan bo‘ladi.

  • Nima uchun mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

    UZIMEI loyihasini joriy etish quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:

    1. Mobil qurilmalarni o‘g‘irlash va noqonuniy foydalanishni oldini olish;
    2. GSMA-xalqaro standartlariga javob bermaydigan va inson salomatligiga zarar yetkazadigan sifatsiz mobil qurilmalarning sotuvini oldini olish;
    3. O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
    4. Ichki bozorga soxta mobil qurilmalarni olib kirish va sotishdan himoya qilish.
  • UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida mobil qurilmani qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

    1-noyabrdan boshlab:

    1. Tizim operatori saytida;
    2. SMS va USSD so‘rovlar orqali;
    3. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP: www.my.gov.uz)
    4. UZIMEI tizimi operatorida;
    5. Pochta aloqa bo‘limlarida.

    O‘zbekiston Respublikasi hududida joriy yilning noyabr oyidan boshlab birinchi tarmoq hodisasini amalga oshirgan abonentlar mobil qurilmalar IMEI-kodi (kodlarini) ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart. IMEI-kod/kodlar bir marotaba ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

  • Mobil qurilmani IMEI-kodini UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish muddati.

    Mobil qurilmadan birinchi tarmoq hodisasi amalga oshirilganidan so‘ng 30 kalendar kuni oralig‘ida mobil qurilmaning IMEI-kodini UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.

  • Mobil qurilmalarni IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jismoniy shaxs quyidagi xujjatlarni taqdim etishi kerak:

    • O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari ko‘rsatilgan anketa;
    • O‘zi kelib murojaat etganda fuqarolik pasportini nusxasi;
    • SMS yoki USSD orqali — ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi va ariza beruvchining JShShIR kiritilgan SMS yuboriladi yoki USSD so‘rovi amalga oshiriladi;
    • Tizim operatorining saytida — abonent ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi, ariza beruvchining JShShIR va telefon raqamini ko‘rsatiladi.
  • Mobil qurilmaning IMEI-kodi holatini qanday tekshirish mumkin?

    Mobil qurilmaning holatini tekshirishni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin:

    1. UZIMEI-tizimining rasmiy veb-saytida: www.uzimei.uz;
    2. 1170 raqamiga SMS yuborish orqali;
    3. USSD so‘rov orqali *1170#.
  • Mobil qurilmalarni sotib olish bo‘yicha tavsiyalar bormi?

    Tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun mobil qurilma harid qilish oldidan uning IMEI-kodini/kodlarini holatini UZIMEI tizimining rasmiy veb-saytida: www.uzimei.uz, 1170 qisqa ramiga IMEI-kodni yuborib yoki *1170# USSD so‘rovi orqali tekshirib oling.

  • Mobil qurilmadan ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlari mavjudligi nimani anglatadi?

    Mobil qurilma ikki yoki undan ziyod IMEI-kodiga ega bo‘lgan holatda, ushbu qurilma ikki yoki undan ortiq SIM-karta yordamida bir vaqtning o‘zida ikki uyali aloqa operatori tomonidan xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lganini anglatadi.

  • Mobil qurilmani yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan holda uni IMEI-kodi yordamida topish mumkinmi?

    Ha, mumkin. Qurilma yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan holda jabrlanuvchi ichki ishlar bo‘limlariga mobil qurilmaning ishlab chiqaruvchisi, modeli va IMEI kodi/kodlari ko‘rsatilgan ariza bilan murojaat qilishlari kerak. O‘z navbatida, IIB qidiruv uchun hisobga olish maqsadida UZIMEI tizimi operatoridan mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini "qora ro‘yxat" ga qo‘shishni so‘raydi. Signal qabul qilingandan so‘ng (o‘g‘ri SIM-kartani qurilmaga qo‘yib, antenna paydo bo‘lganidan so‘ng) mobil qurilmaning qayerdaligini aniqlash mumkin bo‘ladi.

  • SIM-slotni faollashtirish kerakligi nimani anglatadi?

    Mobil qurilmaning SIM-slotini aktivlashtirish mahalliy mobil operatorning SIM-kartasini qurilmaning SIM-slotiga qo‘yish kerakligini anglatadi. Undan so‘ng mobil aloqa operatorining antennasi paydo bo‘lishini kutish zarur bo‘ladi. Ishonch hosil qilish uchun bitta tarmoq hodisasini (kimgadur qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS-xabar yuborish) tavsiya etiladi. Sim-slot/slotlarni faollashtirgandan so‘ng, mobil qurilmaning IMEI-kodi/kodlari UZIMEI tizimi operatori tomonidan avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ushbu jarayon joriy yilning 1-noyabr oyiga qadar davom etadi. 1-noyabrdan UZIMEI tizimi operatoriga murojaat qilish orqali mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi.

  • “Aniqlanmagan” IMEI-kodiga ega bo‘lgan mobil qurilmalar bilan foydalanish mumkinmi?

    GSMA ro‘yxatidan o‘tmagan va IMEI-kodi uning asl modeliga mos kelmagan qurilmalar kontrafakt va “aniqlanmagan” IMEI-kodiga ega qurilmalar hisoblanadi. Bu turdagi qurilmalar 2019-yilning 1-noyabrdan UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tmaydi.

    Ushbu muddatga qadar faoliyat ko‘rsatgan “aniqlanmagan” IMEI-kodiga ega bo‘lgan qurilmalar “bog‘langan oq ro‘yxatga” kiritilgan. Bu turdagi mobil qurilmalarni IMEI-kodi 1-noyabrgacha so‘ngi marotaba foydalanilgan abonent raqamiga bog‘lanib qo‘yiladi va O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tarmog‘iga ulanish va aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun ruxsat beriladi. “Bog‘lanib” qo‘yilgan raqam SIM-kartasi qayta tiklangan holatda qurilmadan foydalanish mumkin bo‘ladi.

  • JShShIR nima?

    JShShIR — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U 14 raqamdan iborat. Uni jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlash mumkin.

  • Mobil qurilmani IMEI-kodi/kodlari kim tamondan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

    Mobil qurilmani IMEI-kodini/kodlarini Ơzbekiston Respublikasi xududdiga olib kirgan shaxs tamonidan UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

  • Nima uchun 2019-yil 1-dekabrdan boshlab mobil qurilmarni IMEI-kodi/kodlarni UZIMEI tizimida ro‘yxatgdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshiriladi?

    • UZIMEI tizimini joriy qilish, rivojlantirish va uning texnik faoliyatini olib borish, xarajatlarini talab kiladi;
    • Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoning ishtirokchilarini, yaniy «O‘zbekiston Pochtasi» va to‘lov xizmatlarini xarajatlarini qoplash
    • Har yili GSMA assotsiatsiyasining ma'lumotlar bazasini yangilash uchun abonent to‘lovi amalga oshiriladi.

    Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun to‘lov Tizim operatorining maxsus hisob raqamiga kelib tushadi va kelgusida ushbu mablag‘lar respublika telekommunikatsi infratuzilmasini, shu jumladan qishloq va chekka aholi punktlari, turistik va rekreatsion hududlarda rivojlantirish loyihalarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat organlarida amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish loyihalarini maqsadli moliyalashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yơnaltiriladi, Tizim operatori o‘z faoliyatini yoritishi uchun uning tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno.

  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qanday qilib mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin?

    Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida berilgan biometrik sayohat hujjati yordamida mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

  • Mobil qurilmaning IMEI-kodi abonent raqamiga ulanib qo‘yilgan holatlarda nima qilish zarur?

    Avtomatik ro‘yxatdan o‘tish davrida (1.04.2019-31.10.2019) aniqlamagan yoki klonlangan IMEI-kodlar abonent raqamlariga ulab qo‘ilish sharti bilan UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

    Shu sababli, ayrim abonentlar, yaniy aniqlanmagan yoki klonlangan IMEI-kodli mobil qurilmalar egalari tarmoq hodisalarini (qo‘ng‘iroq qilish va SMS-jo‘natish) faqat IMEI-kodi/kodlariga ulanib qo‘yilgan abonent raqami/raqamlari orqali amalga oshira olishadi.

    UZIMEI tizimida avtomatik ro‘yxatdan o‘tish davrida mobil qurilmaning aniqlanmagan yoki klonlangan IMEI-kodiga/kodlariga ulanib qo‘yilgan abonent raqamini o‘zgartirish uchun tizim operatoriga yoki tizim registratoriga shaxsan murojaat qilish kerak bo‘ladi.

  • Jismoniy shaxslar-norezidentlar qanday qilib mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin?

    Norezident jismoniy shaxslar mahalliy mobil aloqa operatorlaridan SIM-karta/kartalar xarid qilganda norezident maqomiga ega SIM-karta/kartalar sotib olishlari shart. Norezident bo‘lgan abonentlar tamonidan birinchi tarmoq hodisasi amalga oshirilgandan so‘ng 30 kalendar kun muddatga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun ruxsat beriladi. Ushbu davr mobaynida norezidentlar mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini tizim operatori yoki tizim registratoriga shaxsan kelib ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak. Aks holda, ushbu abonentlarga mahalliy mobil aloqa operatorlari tamonidan xizmatlari ko‘rsatilmaydi.

  • Xalqaro pochta yoki kurerlik jo‘natmalari orqali respublika hududiga olib kelingan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

    Jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro pochta yoki kurerlik jo‘natmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalar faqat tizim operatori yoki ro‘yxatga oluvchisiga o‘zi kelib murojaat etish orqali pochta identifikatorining shtrix kodi va kalendar shtempeli bo‘lgan konvert taqdim etilgan holda amalga oshiriladi.