Специальные возможности
Вид

Обычный вид

Черно-белый вид

Затемненный вид

Размер шрифта

100%

Mobil qurilmalar olib kiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!

30 ноябр, 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmoniga asosan joriy yil 1 dekabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 000 so‘m etib belgilandi. 

Hurmatli foydalanuvchilar, Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qaroriga muvofiq, qurilmalarni IMEI-kodlarini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilangan. 

Shu sababli joriy yil 1 dekabrdan qurilmalarni IMEI-kodlarini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori 68 000 so‘m bo‘lganligini maʼlum qilamiz.