• Maxsus imkoniyatlar
    Ko'rinishi

    Oddiy ko'rinishda

    Oq-qora ko'rinishda

    Qoraytirilgan ko'rinishda

    Shrift kattaligi

    100%

  • 15:41:56 (GMT+5)
  • 27.07.2024
Maxsus imkoniyatlar
Ko'rinishi

Oddiy ko'rinishda

Oq-qora ko'rinishda

Qoraytirilgan ko'rinishda

Shrift kattaligi

100%

“Raqamli jamiyat: yutuqlar va istiqbollar” mavzusidagi GovTech sessiyasida davlat boshqaruvini raqamlashtirish borasida ilg‘or xorijiy tajribalar muhokama qilindi

10 июл, 2023

Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Jahon hamjamiyatining diqqat-e’tiborini tortgan mazkur nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning qariyb barcha qit’asidan, ya’ni 60 dan ziyod mamlakatdan 450 dan ortiq davlat va siyosat arboblari, yirik biznes vakillari, ekspertlari, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.

Xususan, Toshkent shahridagi Event Hall tadbirlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda raqamli hukumat: umumiy ko‘rinish, muammolar va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan GovTech sessiyasi o‘tkazildi.

Unda dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatidan (AQSH, Avstraliya, Serbiya, Italiya, Ispaniya, Koreya, Xitoy, Tailand, Mali, Livan va boshqalar), jumladan, “VEON” kompaniyasi davlat organlari bilan hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi, (2004-2012-yillarda Serbiya Prezidenti) Boris Tadich, Xalqaro Telekommunikatsiyalar ittifoqi Bosh kotibi (2007-2014-yillarda) Hamadoun Ture, The National kompaniyasi prezidenti va bosh direktori, AQSHning sobiq elchisi Syuzan M. Elliott, Huawei Technologies kompaniyasining Carrier biznes bo'limi prezidenti maslahatchisi Pol Maykl Skanlan, Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish byurosi direktori (2014-2018-yillarda) Chaesub Li, BMTning Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining AKT va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻlimi direktori Tiziana Bonapace hamda axborot texnologiyalari sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va yirik xorijiy kompaniyalardan tajribali spikerlar ishtirok etdilar.

Kun tartibida raqamli hukumatni rivojlantirishning zamonaviy strategiya va tendensiyalari, davlat xizmatlarini raqamli transformatsiya qilish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish borasida ilg‘or xorijiy tajribalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ishtirokchilar O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish orqali aholiga davlat xizmatlarini yanada qulayroq ko‘rsatish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusi rejalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.