
Agar mobil qurilmangizni ro‘yxatdan o‘tkazish pasport egasining arizasi asosida bekor qilinganligi aniqlansa nima qilish kerak?
22 декабр, 2021Agarda bu kabi holat yuzaga kelsa, demak, mobil qurilmangiz O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy ravishda olib kelingan yoki import qiluvchi tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan (Eslatib o‘tamiz, mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun iste’molchi (xaridor) emas, balki import qiluvchi (sotuvchi) javobgar.)
Ba’zida, iste’molchilar noxush holatlarga duch kelmoqda, jumladan, mobil qurilma chet elga chiqqan shaxs nomiga uning ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda, uning pasport ma’lumotlaridan noqonuniy ravishda foydalanilmoqda. Agarda bunday holat yuzaga kelsa, pasport ma’lumotlaridan noquniy ravishda foydalanilgan shaxsning arizasiga ko‘ra mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi.
UZIMEI operatori xaridni amalga oshirish vaqtida mobil qurilmaning tizimda ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish lozimligi haqida muntazam ravishda xabardor qilib boradi.
Bunday holatlarning oldini olish uchun mobil qurilma xarid qilish vatida uning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tganligini www.uzimei.uz sayti yoki 1170 qisqa raqamiga SMS/USSD so‘rov yuborish orqali tekshirish tavsiya etiladi.
Tizim har bir kiruvchi so‘rovga IMEI kodining holatiga qarab bir necha ko‘rinishda javob berishi mumkin:
1. Agar mobil qurilma qonuniy ravishda import qilingan va import qiluvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, quyidagi javob keladi:
Mobil qurilmani faqatgina ushbu javobni olganingizdan so‘ng sotib olishni tavsiya qilamiz.
2. Agar mobil qurilma jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa, quyidagi javob keladi:
Eslatib oʻtamiz, UZIMEI tizimining asosiy maqsadi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, respublikaga sifatsiz mobil qurilmalar olib kirilishi va savdosining oldini olishdir!
Yirik chakana savdo tarmog‘i yoki oddiy do‘kon bo‘lishidan qat’i nazar, agar xarid qilgan mobil qurilmangiz UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan bo’lsa, ushbu mobil qurilmani sotgan sotuvchiga murojaat qilishingiz lozim.
IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni 1170 aloqa raqami orqali yoki rasmiy ro'yxatga olish punktlarida olishingiz mumkin.
Agar xarid qilingan mobil qurilma maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan boʻlsa yoki qutida Import Mahsulot yozuvi tushirilgan stiker boʻlmasa, tegishli tartibda chora ko’rish uchun UZIMEI’ga xabar berishingizni soʻraymiz.