• Махсус имкониятлар
    Кўриниши

    Оддий кўринишда

    Оқ-қора кўринишда

    Қорайтирилган кўринишда

    Шрифт катталиги

    100%

  • 20:55:00 (GMT+5)
  • 21.12.2024
Махсус имкониятлар
Кўриниши

Оддий кўринишда

Оқ-қора кўринишда

Қорайтирилган кўринишда

Шрифт катталиги

100%

Mobil qurilmalar olib kiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!

16 сентябр, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-108-sonli farmoniga asosan joriy yil 1-oktabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 375 000 so‘m etib belgilandi. 

Hurmatli foydalanuvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-sonli qaroriga muvofiq, mobil qurilmaning IMEI-kodini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilangan. 

Shu munosabati bilan, joriy yil 1-oktabrdan mobil qurilmaning IMEI-kodini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori 75 000 so‘m bo‘lganligini maʼlum qilamiz.