Mobil qurilmalar olib kiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!
16 сентябр, 2024O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-108-sonli farmoniga asosan joriy yil 1-oktabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 375 000 so‘m etib belgilandi.
Hurmatli foydalanuvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-sonli qaroriga muvofiq, mobil qurilmaning IMEI-kodini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi etib belgilangan.
Shu munosabati bilan, joriy yil 1-oktabrdan mobil qurilmaning IMEI-kodini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori 75 000 so‘m bo‘lganligini maʼlum qilamiz.