• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 17:44:48 (GMT+5)
  • 21.12.2024
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

Hurmatli fuqarolar!

06 феврал, 2024

Joriy yil 19-yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini (IMEI) yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish bo‘yicha javobgarlikni belgilovchi modda kiritildi.

Kodeksning 155-3-moddasi bilan IMEI kodni ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, shuningdek bu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 barobaridan (5,1 mln so‘m) 20 barobarigacha (6,8 mln so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish BHMning 20 barobarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi har ikki holatda huquqbuzarlik sodir etilgan qurilma musodara qilinadi. Mazkur o‘zgartirishlar qonun kuchga kirgan kundan uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.