• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 00:34:01 (GMT+5)
  • 30.07.2025
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov usullari haqida

28 июл, 2025

Hurmatli foydalanuvchilar!

Eslatib o‘tamiz, IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni www.uzimei.uz sayti orqali rezidentlar ham, norezidentlar ham amalga oshirishlari mumkin.

Bu qanday ishlaydi?

Ariza topshirish - IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng, sizga ariza tafsilotlari (invoys raqami va boshqalar) ko‘rsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.

To‘lov usulini tanlash - Xabarda siz uchun qulay bo‘lgan to‘lov usuli ko‘rsatiladi - barcha ariza beruvchilar uchun bir xil qulay.

Bank kartalari - Saytda milliy (Uzcard, Humo) va xalqaro (Visa, Mastercard, Union Pay) kartalar orqali to‘lov imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ariza beruvchining (rezident, norezident) maqomiga qarab tegishli to‘lov usuli ochiladi.

Qo‘shimcha: Shuningdek, invoys raqamini bilgan holda, siz bankning istalgan mobil ilovasi yoki to‘lov tizimi orqali to‘lovni amalga oshirishingiz va kerakli xizmat ko‘rsatuvchini tanlashingiz mumkin.

Savollaringiz bo‘lsa, 1170 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin!