• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 22:17:55 (GMT+5)
  • 17.07.2025
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari go‘yoki oshib ketgani haqida xabarlar tarqalmoqda

16 июл, 2025

Aslida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 20 foiz miqdorida. Ya’ni shu kunlarda 75 ming so‘mni tashkil qiladi va bu to‘lov oshirilgani yo‘q!

Xo‘sh, u holda "Ilgari 30-40 dollar edi, endi esa 100 dollardan 400 dollargacha oshdi" qabilidagi gap-so‘zlar qayerdan paydo bo‘lmoqda?

Bu katta ehtimol bilan mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan mobil qurilmalarni sotayotgan shaxslar xaridorlar oldida buni xaspo‘shlash uchun UzIMEI tizimni ro‘kach qilishmoqda, xolos!

Eslab qoling, agar Siz sotib olayotgan telefon mamlakatga qonuniy yo‘llar bilan import qilingan bo‘lsa, bunda telefonning sim kartasi nechta bo‘lishidan, yelektron sim kartasi bor-yo‘qligidan qat’iy nazarda IMEI-kodlari importyor tomonidan allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘ladi!

Masalan, (Bojxona qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra) shu yilning o‘zida O‘zbekistonga qiymati 188 mln dollarlik 1 mln 813 ming donadan ziyod telefonlar rasmiy import qilingan.

Ammo, noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga urinishlar ham yo‘q emas. Joriy yilning o‘tgan davrida bojxona organlari tomonidan qiymati 16,4 mlrd so‘mlik 44 ming donadan ziyod  telefonlarni noqonuniy olib kirishga urinishlarning oldi olindi.

Agar telefon noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan bo‘lsa yoki deklaratsiyada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda uning IMEI - kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda qurilmaning bojxona qiymatidan 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Agar siz norasmiy manbalardan sotib olayotgan va tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan telefonning bojxona qiymati aytaylik 1000 AQSH dollari bo‘lsa, demak 300 AQSH dollari miqdorida yagona bojxona to‘lovi to‘langanidan keyingina, u UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ya’ni, 30 foizlik bojxona to‘lovini Sizga go‘yoki IMEI-kodlarni ro‘yxatga olish uchun to‘lov tarzida talqin qilishmoqda.

Shunday ekan,

Birinchidan, o‘zingiz bilan olib kirayotgan mobil qurilmalarni bojxonadan o‘tishda albatta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsating! Bunda qurilmada nechta IMEI kodi bo‘lsa barchasini yozishni unutmang!

Aytaylik, yoningizda olib kirayotgan telefonlar soni 2 tadan ko‘p bo‘lsa, ortikchasini olib kirish mumkin emas ekan-da degan fikrga bormang!

Siz ularni ham bojxona kirim orderi asosida bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda bemalol olib kirishingiz mumkin.

Ikkinchidan, mobil qurilmalarni xarid qilayotganda ularni rasmiy do‘konlardan sotib oling va albatta  IMEI-kodlarini ro‘yxatga olinganini tekshiring!

Agar telefon sotib olayotganingizda mobil qurilma tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki bitta sim karta uchun o‘tkazilib, elektron sim karta uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holatlarga duch kelyapsizmi, demak

bu qurilmalar mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan yoki deklaratsiyalanmagan holda kirib kelgan hisoblanadi!

Bu kabi telefonlarni xarid qilar ekansiz, kelgusida telefon buzilib qolsa, rasmiy servis xizmatlaridan ham foydalana olmaysiz!

Shunday ekan, eng yaxshisi, IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilmagan telefonlarni sotib olmang!