• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 22:23:53 (GMT+5)
  • 19.04.2024
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi

29 декабр, 2022

UzIMEI tizimini takomillashtirish natijasida shaxsni biometrik ko‘rsatkichlari (FACE ID) asosida fuqarolarning shaxsini tasdiqlash orqali mobil qurilmalarning xalqaro identifikatsiya IMEI kodlarini “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali ro‘yxatga olish joriy etildi.

Hozirda mavjud tizimga kiritilgan qo‘shimcha identifikatsiyalash jarayoni jismoniy shaxslarning pasport maʼlumotlaridan o‘zga shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

Shu bilan birga joriy etilgan identifikatsiyalash jarayoni fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini o‘g‘irlanishining, mamlakatimizga noqonuniy ravishda kontrafakt mobil qurilmalarning kirib kelinishini oldini olish va shu orqali mobil qurilmalar bozorida sog‘lom raqobatni yaratilishini taʼminlaydi.

Mobil qurilmalarning xalqaro identifikatsiya kodlarini ro‘yxatga olish tizimining takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.