• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 10:31:57 (GMT+5)
  • 23.02.2025
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

Mobil qurilmalarni olib kirishda deklaratsiya to‘ldiriladi!

20 феврал, 2025

2025 yil 20 fevral kuni soat 05:30 atrofida “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti”ning uchib kelish zalida olib kirilgan mobil qurilmaga deklaratsiya to‘ldirish jarayonida jismoniy shaxslarning biri tomonidan ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan post yuzasidan UZIMEI Tizim operatorining rasmiy munosabati.

Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy shaxs o‘zi bilan respublikamiz xududiga aviatsiya orqali olib kirgan mobil qurilma uchun deklaratsiya rasmiylashtirish maqsadida Aeroport xududida bojxona xodimlariga murojaat qilgan. Ushbu jarayon ma’lum vaqt talab etishi sababli navbat ko‘paygan. Va mazkur shaxs bu xaqida o‘zining ijtimoiy saxifalariga post joylagan.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 778-son qarorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar (shu jumladan, norezidentlar) bojxona postlari orqali o‘zi bilan respublikamiz hududiga olib kirgan mobil qurilmalarini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishlari uchun deklaratsiya to‘ldirgan bo‘lishlari lozim.

Bojxona deklaratsiyalarida o‘zi bilan respublika xududiga (avval ro‘yxatdan o‘tmagan) olib kirilayotgan mobil qurilmalarni ko‘rsatish sabablaridan biri, mobil qurilmalarni respublikamizga noqonuniy olib kirilishini oldini olish, olib kirilayotgan mobil qurilmalarning shaxsga tegishliligini belgilash va shu orqali iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hisoblanadi.

Aviatsiya o‘tkazish punktlari orqali respublikamiz chegarasini har bir kesib o‘tishda – qo‘shimcha bojlarsiz 2 dona mobil qurilma olib kirilishi belgilangan.

O‘zbekiston fuqarolari va yurtimiz mexmonlari uchun chetdan olib kirilayotgan va avval Tizimda ro‘yxatga olinmagan mobil qurilmalarni “yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”da ko‘rsatish haqida eslatmalar xalqaro aeroportlarning uchib kelish zallarida, Bojxona qo‘mitasining rasmiy telegram kanali hamda Tizim operatorining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yoritilgan.

Jismoniy shaxslar deklaratsiya rasmiylashtirilganidan so‘ng Tizim operatori tomonidan Aeroport xududida tashkil etilgan ro‘yxatga olish nuqtasiga murojaat etishlari yoki aeroport hududini tark etgandan taqdirda, quyida keltirilgan usullar orqali (ortiqcha navbatlarsiz) qulay tarzda mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin:

- www.uzimei.uz rasmiy veb sayt orqali; 

- “BIRDA” mobil ilovasi;  

- my.gov.uz portali orqali;

- Tizim operatorining bosh ofisi;

- Tizim operatorining “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” ning qatnovlar uchib kelish zalida joylashgan ro‘yxatga olish nuqtasi;

- Mobil kompaniyalarning ofislari: Ucell, Uzmobile, Mobiuz;

- Pochta bo‘linmalari.

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar ariza berilgan kundan boshlab o‘n kalendar kuni ichida amalga oshiriladi. 

Deklaratsiyalashga doir batafsil ma’lumotlar uchun Bojxona qo‘mitasining 55-502-7600 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Mobil qurilmani ro‘yxatga olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olish uchun 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.