• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 09:28:41 (GMT+5)
  • 25.04.2024
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

Yangi ro‘yxatga olish punktlari:

20 феврал, 2023

Bugungi kunda respublika hududida fuqarolar tomonidan Mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari uchun 150 ga yaqin xizmat ko‘rsatish punktlari  tashkil etilgan. 

Tizim operatori fuqarolarga Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida  Respublika bo‘ylab UCELL va Uzmobile kompaniyalari bilan hamkorlikda ro‘yxatga olish punktlarini hamda Mobiuz kompaniyasining savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida yangi 145 ga yaqin ro‘yxatga olish punktlarini ishga tushirdi. 
Hozirda jami 300 ga yaqin ro‘yxatga olish punktlari faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga 2022 yil dekabr oyida mobil qurilmalarni “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali fuqarolarnini biometrik ko‘rsatkichlari (FACE ID-yuz tasviri) asosida shaxsini tasdiqlagan holda ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyoti joriy etilgan!

Ro‘yxatga olish punktlarining manzillar bilan quyidagi sayt orqali tanishishingiz mumkin:
www.uzimei.uz
www.uztelecom.uz 
www.ucell.uz 
www.mobi.uz