• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 06:57:19 (GMT+5)
  • 20.04.2024
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishda onlayn xizmatlarni kengaytirish bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

23 феврал, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishda onlayn xizmatlarni kengaytirish bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Hozir kunda tizim operatori fuqarolarga Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish, onlayn xizmatlarni kengaytirish borasida qator ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan onlayn tizim takomillashtirilib shaxsni biometrik ko‘rsatkichlari (FACE ID (https://my.gov.uz/oz/service/302)) asosida fuqarolarning shaxsini tasdiqlash orqali mobil qurilmalarning xalqaro identifikatsiya kodlarini “My.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/302) - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali ro‘yxatga olish amaliyoti joriy etilgan.

Shuningdek, Tizim operatori tomonidan yurtimiz fuqarolari va xorijiy mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida www.uzimei.uz (https://uzimei.uz/uz_cyr) sayti orqali hamda 1170 qisqa raqamiga SMS (https://uzimei.uz/uz_lat) yuborish va *1170#  kombinatsiyasini USSD (https://uzimei.uz/uz_lat) so‘rovi yuborish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida” gi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 43-bandiga muvofiq, Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish xizmatidan 43-bandiga binoan kelib tushgan mablag‘lar respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini, shu jumladan qishloq va chekka aholi punktlari, turistik va rekreatsion hududlarda rivojlantirish loyihalarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat organlarida amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish loyihalarini maqsadli moliyalashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Shu kunga qadar, Tizim operatorlari tomonidan 20 mingdan ortiq fuqarolarga murojaatlari asosida boshqa nomdagi registratsiya raqamlari o‘z egalariga rasmiylashtirib berildi.