• Махсус имкониятлар
    Кўриниши

    Оддий кўринишда

    Оқ-қора кўринишда

    Қорайтирилган кўринишда

    Шрифт катталиги

    100%

  • 13:00:32 (GMT+5)
  • 24.04.2024
Махсус имкониятлар
Кўриниши

Оддий кўринишда

Оқ-қора кўринишда

Қорайтирилган кўринишда

Шрифт катталиги

100%

Yaqin kelajakda abonentlar uchun abonent hodisalarini tahlil qilish va boshqarishning yangi qulay tizimi (SUBSRIBER CONTROL) taqdim etiladi

20 декабр, 2022

Bu tizim qanday imkoniyatlar beradi va isteʼmolchilarni qanday qulayliklar kutmoqda?

         Bugungi kunda banklar, moliyaviy tashkilotlar va istemolchilar doimiy xavf ostida bo‘lib, mobil aloqa orqali firibgarlikdan katta zarar ko‘rmoqda.

         Bank kartalaridan foydalanuvchilar soni yil sayin ortib bormoqda va shu qatori plastik kartalaridagi pul mablag‘larini o‘g‘irlash bilan bog‘liq firibgarlik xolatlari ham ortib bormoqda.

         Abonent hodisalarini tahlil qilish va boshqarish tizimi (SUBSRIBER CONTROL) mobil aloqa orqali firibgarlik hujumlaridan ishonchli himoyani taʼminlaydi.

Mazkur Tizim qanday ishlaydi?

1. Abonentlarga tahdid to‘g‘dirayotgan firibgarlarning shubhali faoliyatini real vaqt rejimida aniqlaydi;

2. Aksilfiribgarlik tizimlariga xabar yuboradi (bu bloklash, foydalanishni cheklash imkonini beradi).

         Ushbu tizimni boshqa soxalarida ham qo‘llash mumkin. Tizimning eng muhim ikkita jihatiga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz:

1. Tizimda mobil ilovalar orqali  o‘g‘irlikning oldini oladi va foydalanuvchilarni moliyaviy yo‘qotishlardan himoya qiladi;

2. Mobil aloqa operatorlariga obuna bo‘lish orqali foydali aksiyalarni tanlash va tashkil qilish imkonini beradi.