• Махсус имкониятлар
    Кўриниши

    Оддий кўринишда

    Оқ-қора кўринишда

    Қорайтирилган кўринишда

    Шрифт катталиги

    100%

  • 18:07:03 (GMT+5)
  • 29.03.2024
Махсус имкониятлар
Кўриниши

Оддий кўринишда

Оқ-қора кўринишда

Қорайтирилган кўринишда

Шрифт катталиги

100%

IMEI-ni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yanada soddalashtirildi!

03 май, 2023

IMEI-ni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yanada soddalashtirildi! 

UZIMEI tizimi operatori O‘zbekiston hududi bo‘ylab UzMOBILE, UCELL, MobiUZ mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda qo‘shimcha xizmat turini ishga tushirdi. 

Endilikda foydalanuvchilar mobil qurilmalarni pochta yoki kurerlik xizmati orqali olganidan so‘ng, mobil qurilmaning IMEI kodlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan uyali aloqa operatorlari ofislari hamda dilerlik xizmatlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Abonentlar mazkur xizmatga oid to‘liq maʼlumot va xizmatlarni uyali aloqa operatorlari ofislaridan olishlari mumkin. 

Shu o‘rinda dilerlik bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirgan barcha tadbirkorlik subʼektlarini hamkorlikka taklif etamiz. Tadbirkorlar dilerlik shartlari bilan qo‘yidagi havola orqali  tanishishlari mumkin. 

Ro‘yxatga olish punktlarining manzillari www.uzimei.uz www.uztelecom.uz www.ucell.uz www.mobi.uz saytlarida to‘liq ko‘rsatilgan.