Специальные возможности
Вид

Обычный вид

Черно-белый вид

Затемненный вид

Размер шрифта

100%

Hurmatli foydalanuvchilar!

31 январ, 2025

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentabrdagi 778-son qaroriga asosan, 2019 yil 1 noyabrdan olib kiriladigan mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirilgan.

📌 Mazkur qarorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, jismoniy shaxslar (shu jumladan, norezidentlar) o‘zi bilan mobil qurilmani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda bojxona postlarida deklaratsiya to‘ldirishi lozim, aks holda Uzimei tizimida ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydilar.

Ushbu qoidalar “O‘zbekiston 24” telekanali, Bojxona qo‘mitasining rasmiy telegram kanali hamda Tizim operatorining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yoritilgan.

📱 Ma’lumot uchun: Norezidentlarga tegishli mobil qurilmalardan mobil aloqa operatorining tarmog‘ida birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 60 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Ular mamlakatimizga 

60 kalendar kunidan ortiq muddatga tashrif buyurgan taqdirda, olib kirilayotgan mobil qurilmalarni “yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”da ko‘rsatishlari orqali mobil qurilmani Uzimei tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

✈️ Aviatsiya o‘tkazish punktlari orqali chegarani har bir bosib kelishda – qo‘shimcha bojlarsiz 2 dona mobil qurilma olib kirilishi belgilangan (Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi 463-son qarori).

Rezidentlar uchun chetdan olib kirilayotgan va tizimda ro‘yxatga olinmagan mobil qurilmalarni “yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”da ko‘rsatish haqida eslatmalar xalqaro aeroportlarning uchib kelish zallariga joylashtirilgan.

Mobil qurilmalarni quyidagilar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin: 

www.uzimei.uz rasmiy veb sayt orqali (rezidentlar, norezidentlar);

- my.gov.uz portali orqali (rezidentlar);

- Tizim operatorining bosh ofisi (rezident, nerezidentlar);

- Mobil kompaniyalarning ofislari: Ucell, Uzmobile, Mobiuz (rezident, nerezidentlar);

- Pochta bo‘linmalari (rezident, nerezidentlar).

❗️ Bilish muhim: “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”ni O‘zbekiston Respublikasiga kirish chegaralaridagi Bojxona postlaridan olib, to‘ldirishni ututmang!

❗️ Deklaratsiyaga doir ma’lumotlar uchun Bojxona qo‘mitasining 1108 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

 Mobil qurilmani ro‘yxatga olish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.