Maxsus imkoniyatlar
Ko'rinishi

Oddiy ko'rinishda

Oq-qora ko'rinishda

Qoraytirilgan ko'rinishda

Shrift kattaligi

100%

Qo'llab-quvvatlash
xizmati mutaxassislari

UZIMEI qo'llab-quvvatlash xizmati xodimlari IMEI-kodlarni ro'yxatdan o'tkazish masalasi bo'yicha 24/7 rejimida foydalanuvchilarning savollariga javob beradi

1170

Qo'llab-quvvatlash
xizmati mutaxassislari

1170

Mobil qurilmalar ro'yxati

O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun IMEI-kodlari ro'yxatdan o'tishi shart bo'lgan mobil qurilmalar

Mobil telefonning IMEI-kodini
qanday bilish mumkin?

Raqamlar klaviaturasini oching va *#06#
kombinatsiyasini tering. IMEI-kod ekranda paydo bo'ladi.

Afzalliklari

O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimi

Noyob identifikatsion kodlarning to'g'riligini tekshirish orqali mobil qurilmalar egalarining huquqlari himoyasini ta'minlash

Mobil qurilmalarni ularning egalariga ma'lum qilmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanilishiga to'sqinlik qilish

Xalqaro standartlarga mos bo'lmagan sifatsiz mobil qurilmalarining realizatsiyasini oldini olish

Joriy etish tartibi

O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Makhamasining 2020-yil 31-dekabrdagi №-828 sonli

«O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tartiblari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq mamlakatda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatga olish tizimi joriy etildi.

Shuningdek, tizim operatori sifatida "O'zbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" belgilandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi №-778 sonli

"O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatga olish tizimini joriy etish tartibi tasdiqlangan edi.

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatga olish uchun to'lovni «Payme», «Click», «PayNet», «Humans» mobil ilovalari, shuningdek bank orqali amalga oshirish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Makhamasining 2020-yil 31-dekabrdagi №-828 sonli qaroriga muvofiq

«O‘zbekiston respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»

Iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi

Qaror

Ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun IMEI-kodlarni ro'yxatdan o'tkazish narxini hisoblash

Rezidentlar va norezidentlar
Jismoniy shaxslar
20%
bazaviy hisoblash qiymatidan
SIM-karta ulangan vaqtdan boshlab 30 kalendar kuni ichida
* 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so'm.
Rezidentlar va norezidentlar
Jismoniy shaxslar
25%
bazaviy hisoblash qiymatidan
SIM-karta ulangan vaqtdan boshlab 30 kalendar kunidan so'ng
* 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so'm.
Import qiluvchi
20%
bazaviy hisoblash qiymatidan
* 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so'm.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi
10%
bazaviy hisoblash qiymatidan
* 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so'm.
Norezident
Jismoniy shaxslar
mobil qurilmadan O'zbekiston Respublikasi hududida roumingda foydalanayotganlar uchun – bepul

Diqqat

Xizmatga to'lovni tizim operatorida arizani o'zi kelib jo'natgan yoki rasmiylashtirgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kuni ichida amalga oshirish mumkin

Mobil qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro'yxatdan o'tkazish
  1. 1170 qisqa raqamiga SMS jo'natgan holda yoki *1170# USSD so'rovi orqali;
  2. Tizim operatorining www.my.gov.uz veb-saytida;
  3. IDXYPning www.my.gov.uz veb-saytida;
  4. Tizim operatorida;
  5. Pochta aloqasi nuqtalarida.
Jismoniy shaxslar uchun ogohlantirish!

IMEI-kod/kodlarni mahalliy mobil aloqa operatorlarining SIM-kartasini ulagan vaqtdan boshlab 30 kalendar kuni ichida ro'yxatdan o'tkazish kerak. Aks holda, qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro'yxatdan o'tkazmaguncha abonent GSM standartiga ega bo'lgan mahalliy mobil qurilmalarning xizmatlaridan foydalanish imkonidan mahrum etiladi.

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazishni qurilmani O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirgan shaxs amalga oshiradi.

Mobil qurilmani xarid qilishdan oldin uning IMEI-kodi holatini tekshiring. Mobil qurilmaning IMEI-kodini bilish uchun telefon klaviaturasida *#06# kombinatsiyasini tering.