UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

Mamlakatda karantin davrida mobil qurilmalarni IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish.

PHOTO

Hurmatli abonentlar, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari uzaytirilgani sababli, "kulrang ro‘yxat" bo‘lgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini blokirovka qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirildi.

Tizim operatori karantin, shaxsiy ehtiyotkorlik va gigienaga rioya qilishingizni maslahat beradi! Mamlakatimizda e'lon qilingan karantin ma'muriy qoidalarini e'tiborsiz qoldirmang! Bu sizning manfaatingiz uchun!

Karantin davrida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin:

  1. 1170 qisqa raqamiga SMS yuborib;
  2. *1170# USSD so‘rov orqali;
  3. Tizim operatori veb-saytida;
  4. YIDXP veb-saytida www.my.gov.uz.