UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

Mamlakatda karantin davrida mobil qurilmalarni IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish.

PHOTO

Hurmatli abonentlar, 2020 yil 23 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to‘grisidagi» 176-son qaroriga movofiq, «Kulrang ro‘yxat» bo‘lgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini blokirovka qilish muddati 2020 yil 1 iyungacha uzaytirildi.

Tizim operatori karantin, shaxsiy ehtiyotkorlik va gigienaga rioya qilishingizni maslahat beradi! Mamlakatimizda e'lon qilingan karantin ma'muriy qoidalarini e'tiborsiz qoldirmang! Bu sizning manfaatingiz uchun!

Karantin davrida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin:

  1. 1170 qisqa raqamiga SMS yuborib;
  2. *1170# USSD so‘rov orqali;
  3. Tizim operatori veb-saytida;
  4. YIDXP veb-saytida www.my.gov.uz.