UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi
Imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus funksiyalar
Qora-oq
Qora kontrast
Rangli kontrast
Animatsiyani o‘chirish
O‘qib bo‘ladigan shirift
Linklarni ajratish
2018-yil 22-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 847-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etildi.
Mazkur hujjatga muvofiq tizim operatori "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi etib belgilandi.
UZIMEI tizimi quyidagi maqsadlarni amalga oshirishda xizmat qiladi:
- mobil qurilmalardagi o‘ziga xos identifikasiya kodlari to‘g‘riligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash;
- mobil qurilmalardan ularning mulkdorlarini ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
- xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini olish.
2019-yil 17-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 778-son qaroriga muvofiq mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish tartibi ishlab chiqildi.
Ushbu qaror asosida 2019-yil 1-dekabrdan boshlab mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshirilmoqda.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Payme", "Click" mobil ilovalari hamda bank orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori
- Jismoniy shaxslar (rezidentlar) uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan (SIM-karta ulangan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida);
- Jismoniy shaxslar (rezidentlar) uchun – 25% bazaviy hisoblash miqdoridan (SIM-karta ulangan kundan boshlab 30 kalendar kundan so‘ng);
- Jismoniy shaxslar (norezidentlar) uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida rouming xizmatidan foydalangan jismoniy shaxslar (norezidentlar) uchun-bepul;
- Yuridik shaxslar uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan;
- Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun – 10% bazaviy hisoblash miqdoridan.
* 2019 yil 1 sentyabridan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 223 000 so‘mni tashkil etadi.
To‘lov miqdori tizim operatoriga ariza kelib tushgandan boshlab 10 kalendar kun ichida saqlanadi
Mobil qurilmani IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
- 1170 qisqa raqamiga SMS yuborib yoki *1170# USSD so‘rov orqali;
- Tizim operatori veb-saytida;
- EIDXP veb-saytida www.my.gov.uz;
- Tizim operatorida;
- Pochta aloqa bo‘limlarida.
Jismoniy shaxslarni ogohlantirish!
IMEI-kod/kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy mobil aloqa operatorlarining SIM-kartasi mobil qurilmaga qoilgandan boshlab 30 kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak. Aks holda, ushbu muddatdan so‘ng qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazilmaguncha GSM standartidagi mahalliy mobil aloqa operatorlari tamonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga cheklov qoiladi.
DIQQAT!
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish qurilmani O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Mobil qurilma xarid qilishdan oldin qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini holatini tekshiring.
Buni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin
- Tizim operatori veb-saytida;
- 1170 qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilib;
- 1170 qisqa raqamga SMS yuborish yoki *1170# USSD so‘rovi yordamida.
Mobil qurilmaning IMEI-kodini telefon klaviaturasida *#06# kombinasiyasini terish orqali bilib olish mumkin.
2019-yil 1-sentyabrdan boshlab bazaviy hisob miqdori 223 000 so‘mga teng
Abonent raqami mahalliy mobil aloqa operatoridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi biometrik pasportning (yashil rang) ma'lumotlarni (seriyasini, raqamini) kiritish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi hududida, yoki uning tashqarisida muqim yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs shaxsini tasdiqlovchi biometrik harakatlanish hujjatining ma'lumotlarni (seriyasini, raqamini) kiritish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi biometrik pasportning (yashil rang) ma'lumotlarni (JShShIR) kiritish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi hududida, yoki uning tashqarisida muqim yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs shaxsini tasdiqlovchi biometrik harakatlanish hujjatining ma'lumotlarni (JShShIR) kiritish kerak.
- www.my.gov.uz sayti orqali ommaviy offerta bilan tanishib chiqing
- www.my.gov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting
- www.my.gov.uz saytda avtorizatsiya qiling
- “Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati turini tanlang
- Mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ko‘rsatib, elektron so‘rovnomani to‘ldiring
- Elektron raqamli imzo oling (agar mavjud bo‘lmasa)
- www.my.gov.uz sayti orqali ommaviy offerta bilan tanishib chiqing
- www.my.gov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting
- www.my.gov.uz saytda avtorizatsiya qiling
- “Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati turini tanlang
- Mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ko‘rsatib, elektron so‘rovnomani to‘ldiring
- Tizim operatoriga arizachi Pasport tag’dim qilishi lozim
- Arizachi nomiga mahalliy mobil operatorda rasmiylashtirilgan abonent raqami
- Mobil qurilma va unga biriktirilgan IMEI-kodi/kodlari
- Ariza varaqasini to’ldirish
- To‘lovni amalga oshirish (onlayn va oflayn tartibda)
- Tizim operatoriga arizachi Pasport tag’dim qilishi lozim
- Arizachi nomiga mahalliy mobil operatorda rasmiylashtirilgan abonent raqami (norezident maqomi bilan)
- Mobil qurilma va unga biriktirilgan IMEI-kodi/kodlari
- Ariza varaqasini to’ldirish
- To‘lovni amalga oshirish (onlayn va oflayn tartibda)
Bojxona kirim orderi namunasi

