UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi Tizim registratorlari uchun seminar-trening tashkil etdi

PHOTO

Joriy oyning 25-26 kunlari «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan «O‘zbekiston pochtasi» AK xodimlari – bo‘lajak Tizim ro‘yxatga oluvchilari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad UZIMEI tizimida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatish uchun respublika pochta bo‘limlarini xodimlarini tayyorlash edi.

Tadbirni «O‘TTBRM» DUK direktori Bobur Tillabayev ochib berdi. O‘z ma'ruzasida seminar ishtirokchilarini respublikada UZIMEI loyihasini joriy etish bosqichlari haqida so‘zladi.

Shuningdek, «O‘TTBRM» DUK direktori o‘rinbosari Nodir Yadgarovga nutqi tinglandi. O‘z navbatida, UZIMEI loyihasining keyingi bosqichlarini amalga oshirishda hamkorlik uchun «O‘zbekiston pochtasi» xodimlarga, hamda, ma'muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Seminar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazildi. Ta'lim oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi to‘g‘risida asosiy ma'lumotlar berildi.

Oquv jarayonining nazariy qismi doirasida UZIMEI mutaxassislari UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘lgan mobil qurilmalar turlarini va mobil qurilmalarni IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish usullari haqida batafsil ma'lumot berishdi. Bo‘lajak Ro‘yxatga oluvchilarga mobil qurilmalarning IMEI-kodini tekshirish, UZIMEI tizimining ishlash tartibi, shuningdek, abonentlar bilan yaqin muloqat qilish uchun mo‘ljallangan Call-centre, veb-sayt, ijtimoiy sahifa kabi loyiha axborot manbalari haqida asosiy tushunchalar berildi.

Seminarning amaliy qismi doirasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha texnik jarayonlar namoyish etildi.

Ushbu seminar doirasida respublika pochta bo‘limlarining 45 nafar xodimi o‘qitildi. Ikki kunlik seminar yakunida tizimning har bir Registratoriga aholi orasida UZIMEI tizimini joriy etish jarayoni, mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va usullari haqida keng yoritish uchun tarqatma materiallar berildi.