UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

O‘zbekiston "GSMA Mobile 360 – Evroosiyo" tadbirda ishtirok etdi

PHOTO

"GSMA Mobile 360 – Evroosiyo" – davlat va xususiy sektor rahbarlarini dunyodagi eng yangi innovatsiyalarni va texnologiyalarni, shu bilan birga raqamli iqtisodiyoti, AKT va mobil telekommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan isloxatlarni muhokama qilish uchun har yili o’tkaziladigan tadbir.

Joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan "GSMA Mobile 360 – Evroosiyo" tadbiri doirasida MDH davlatlari hukumatlari va mobil operatorlari vakillari uchun mobil qurilmalarni IMEI-kodlari ro’yxatga olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bu yili tashkilotchilar tomonidan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi direktor vazifasini bajaruvchi Bobur Tillabayev va "UZIMEI" loyihasini mutaxassisi Ashraf Nazrullayev tadbirga taklif etildilar.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘g‘irlik, firibgarlik va soxta qurilmalarning noqonuniy ishlab chiqarilishi davlat tashkilotlari, uyali aloqa operatorlari, mobil qurilma ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilar faoliyatiga ko’rsatadigan ta'siri bilan bog‘liq asosiy muammolarni muhokama qildilar. Tadbirda GSMA xalqaro assotsiatsiyasi vakillari va sohaning boshqa ekspertlari "qora ro‘yxat" va IMEI-kodlarni bloklash va milliy reestrlarning roli haqida o‘z fikirlari va ilg‘or jahon tajribasi bilan o‘rtoqlashadilar.

Ekspertlar davrasida A. Nazrullayev O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etili – UZIMEI loyihanisi taqdimot qildi.

Eslatib o‘tamiz, UZIMEI loyihasi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan kontrafakt qurilmalarni olib kirish, telefonlarni o‘g‘irlash va noqonuniy foydalanish darajasini pasaytirish bilan bog‘liq bir qator muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan edi. Shu bilan birga, ushbu loyha xaridorlariga mobil qurilmalarning IMEI-kodarini holatini tekshirish orqali sifatli qurilmalar harid qilishlarini, kelgusida mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilar tamonidan sifatli xizmat olishni imkoniyatini yaratadi. Ya’ni, UZIMEI loyihasi respublika bozoriga iPhone, Huawei, Xiaomi va boshqa xalqaro brendlarning rasmiy kirishini taminlaydi.

Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan mintaqadagi davlatlararo hamkorlik kutilmagan sarf-harajatlarga olib keladigan vaziyatlarga oid Qonunchilikda amalga oshiriladigan choralarini kamaytirishini taminlanishi takidlandi.

GSMA 750 operatorlari va 400 kompaniyalarini (mobil qurilma ishlab chiqaruvchilar, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, uskunalar etkazib beruvchilar va Internet kompaniyalar, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi tashkilotlar) birlashtiradi.