UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

Brifing: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq mobil qurilmalarni ro‘yxatga o‘lish yangi tartibi

PHOTO

"O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK (keyingi o‘rinlarda «O‘zTTBRM» DUK) – UZIMEI mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizimining operatori, 2020 yildagi ishlarni sarhisob qildi va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 828-son qarori bilan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabar bermoqda.

Respublika aholisi, sayyohlari va mehmonlari o‘rtasida yangi qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish maqsadida «O‘zTTBRM» DUK direktor v. b. U.Shakirov boshchiligida brifing tashkil etildi.

Tadbirda davlat bojxona qo‘mitasi B.Kabirov, Ichki ishlar vazirligi B.Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sh.Axmatov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Hukumat isteʼmolchilarning yuqori sifatli mobil qurilmalardan foydalanishini taʼminlash, ichki bozorda soxta mahsulotlarning tarqalishiga qarshi tegishli choralarni ko‘rish va telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarlariga oid masalalarga oydinlik kiritildi.

Hozirgi vaqtda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishni mamlakatimizda zamonaviy talablar va xorijiy tajribaga muvofiq rivojlantirishning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan.

2019 yil noyabrigacha aksariyat smartfonlar va boshqa turdagi mobil qurilmalar belgilangan tartiblarni chetlab o‘tib, norasmiy ravishda mamlakatga olib kelingan. Yaniy, biznes ushbu yo‘nalishda yashirin iqtisodiyotning yo‘nalishlaridan biri hisoblangan. Mobil qurilmalarning 87 foizga yaqini respublikaga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. Respublika aholisi 33 milliondan ko‘pligini mobil qurilmalardan foydalanganligini hisobga olsak, qora bozorda qancha mablag‘ borligini tasavvur qilish qiyin emas.

Shu jumladan, uyali aloqa kompaniyalari muntazam ravishda o‘zlarining abonentlari soni haqida xabar berishgan, ammo hech kim ushbu abonentlar qaysi telefonlardan foydalanganligi so‘ramagan. Garchi o‘sha paytda mamlakatga rasmiy ravishda 50-60 mingta telefon kiritilgan.

Voqeani sharhlab, «O‘zTTBRM» DUK direktori v.b. Ulug‘bek Shakirov quyidagilarni taʼkidladi: "Uyali aloqani rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy tijorat xizmatlarini joriy etish, shuningdek, uyali telefonlar va mobil qurilmalarni keng ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash orqali elektron tijorat xalqaro standartlarga muvofiq davlat siyosatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabr oyigacha O‘zbekistonda mobil qurilmalarning noqonuniy olib o‘tilishi avj olib, import qilinadigan mahsulotlar umumiy hajmining 87 foizini tashkil etgan. To‘g‘ri, uyali aloqa kompaniyalari har yili millionlab yangi abonentlar haqida xabar berishlariga qaramay, respublika chegarasini faqat 50-60 ming telefon rasmiy ravishda olib kirilgan. Eng achinarlisi, bu holat hech kimni ajablantirmay, kamdan-kam hollarda ommaviy axborot vositalari va ekspertlar hamjamiyati diqqat markaziga tushgan. Shuning uchun, aholi foydalanadigan moslamalarning sifati, texnik kafolati va xavfsizligi masalalari bilan bog‘liq savollar deyarli hech kimni qiziqtirmagan. UZIMEI tizimini joriy etish orqali ushbu masalalarga eʼtibor berilishi boshlandi.

Faqatgina UZIMEI tizimining joriy etilishi bilan muammoning ko‘lami aniq bo‘ldi, chunki 2019 yilda O‘zbekistonga 100 mingdan kam qurilmalar olib kelingan bo‘lsa, 2020 yil uchinchi choragida deyarli 1 000 000 ta qurilma deklaratsiya qilingan. Yilning yakuniy statistikasi hali o‘zgargani yo‘q, ammo so‘nggi 12 oy ichida mamlakatga avvalgi yillarga qaraganda ko‘proq smartfonlar kirib kelganligi maʼlum bo‘ladi».

Tizimni tatbiq etish natijalari sezilarli: faqat 2020 yilning 3 choragida O‘zbekistonga import qilingan deyarli 1 000 000 mobil qurilmalar deklaratsiya qilingan.

Ushbu statistika «O‘zTTBRM» DUK maʼlumotlariga, Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining tegishli bayonotlariga asoslanadi. UZIMEI tizimini joriy etilishi bilan rasmiy importchilar bilan hamkorlik tubdan yangi darajaga ko‘tarildi. Bularning barchasi o‘ziga xos moliyaviy o‘lchovga ega: masalan, 2020 yil 1 yanvaridan 15 sentyabrigacha davlat Tizim operatorning maxsus hisobiga 100 milliard so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlari tushdi. «O‘zTTBRM» DUK press-brifingida taʼkidlangandek, UZIMEI tizimining ishlashi bilan taʼminlangan importning “kulrang” sxemalaridan voz kechish ham ushbu sektorning investitsiya jozibadorligini oshirishga yordam berdi: bugungi kunda dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan respublikada o‘z vakolatxonalarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

“Shunga qaramay, biz faqat erishilgan yutuqlardan mamnun bo‘lib qolmaymiz va har qanday innovatsion yechimlar singari, UZIMEI tizimi ham foydalanuvchilar manfaatlari nuqtai nazaridan doimiy ravishda takomillashtirilishi kerakligini yaxshi bilamiz", deb taʼkidlaydi «O‘zTTBRM» DUK rahbari. – Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 828-son qarori oddiy fuqarolar uchun ro`yxatga olish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan. Unga muvofiq, IMEI-kodlarini ro`yxatga olish bo‘yicha barcha javobgarlik, mobil qurilmalarni mamlakatga olib kirish sanasidan qatʼiy nazar, chakana savdo bilan shug‘ullanadigan importyorlarga yuklatilgan. Bundan tashqari, hukumat hujjati mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga diplomatik vakolatxonalarning, chet el fuqarolarining, shuningdek davlat ijrochilarining huquqlari va majburiyatlarini inobatga olgan xolda to‘ldirilgan.”

Taʼkidlab otish joizki, qaror loyihasi tayyorlanayotganda Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, shuningdek boshqa bir qator tegishli idoralarni takliflari inobatga olingan Hujjatning asosiy maqsadi – mamlakatda sotish, shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan yoki ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga aniqlik kiritish.

Shuni taʼkidlash kerakki, Nizomning 43-bandiga muvofiq, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun to‘lov Tizim operatorining maxsus hisob raqamiga kelib tushadi va kelgusida ushbu mablag‘lar respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini, shu jumladan qishloq va chekka aholi punktlari, turistik va rekreatsion hududlarda rivojlantirish loyihalarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat organlarida amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish loyihalarini maqsadli moliyalashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Tadbir so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.