UZIMEI.UZ - O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

“UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

PHOTO

2019-yil 20-sentyabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida "UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasi (“O‘TTBRM” DUK) tomonidan tashkil etildi.

  • 2018–yil oktabr 22-kuni bilan qabul qilingan VMQ № 847-sonli «O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora - tadbirlari to‘g‘risida»;
  • 2019-yil sentyabr oyining 17-kuni bilan qabul qilingan VMQ № 778-sonli «O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish yoki shaxsiy foydalanish uchun foydalaniladigan, olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va shartlari to‘g‘risida».

Mamlakatimizda zamonaviy servislarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, shuningdek, mobil aloqa moduli bilan mahalliy mobil telefonlar va qurilmalarni IMEI-kodlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil qurilmalarni IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish bo‘yicha tashabbuskori bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 1-aprel oyidan boshlab respublikada mobil qurilmalar IMEI-kodlarini avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Bigungi kunda UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida 30 millionga yaqin IMEI-kodlar ro‘yxatdan o‘tdi.

UZIMEI loyihasini joriy etish quydagi imkoniyatlarni yaratib beradi:

  1. Mobil qurilmalarni o‘g‘irlash va noqonuniy foydalanishni oldini olish;
  2. GSMA-xalqaro standartlariga javob bermaydigan va inson salomatligiga zarar yetkazadigan sifatsiz mobil qurilmalarning sotuvini oldini olish;
  3. O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
  4. Ichki bozorni soxta mobil qurilmalarni olib kirish va sotishdan himoya qilish.

Matbuot anjumanida axborot texnologiyalari a kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, «O‘zbekiston Pochtasi» aksiyadorlik jamiyati, «Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal» MCHJ, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, «O‘zbektelekom» AK, mobil aloqa operatorlari kompaniyalari, mahalliy mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari va importchilar, «O‘TTBRM» DUK mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ochib berdi. O‘z nutqida matbuot anjumani ishtirokchilarini "UZIMEI" loyihasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tanishtirdi.

Matbuot anjumanida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va usullari haqida taqdimot namoyish etildi.

Tadbir doirasida «Uzeltexsanoat» uyushmasi boshqarma boshlig‘i Boyev A., O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyayev Z., O‘zbekiston Respublikasi IIV vazirining o‘rinbosari Ergashev R. UZIMEI loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi.

UZIMEI loyihasi mutaxassislari shuni ma'lum qiladiki, 2019-yil 1-noyabrdan boshlab VMQ № 778-sonli qaroriga ko‘ra mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizim operatoriga murojaat qilish orqali amalga oshirish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida rouming hizmati bilan foydalanadigon mobil qurilmalar uchun ro‘yxatdan o‘tish majburiy emas.

1 noyabrdan boshlab:

  1. Tizim operatori saytida;
  2. SMS va USSD so‘rovlar orqali;
  3. O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP: www.my.gov.uz);
  4. UZIMEI tizimi operatorida;
  5. Pochta aloqa bo‘limlarida mobil qurilmala IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Tadbir doirasida jurnalistlar UZIMEI tizimi algoritmlari bilan bog‘liq savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

UZIMEI loyihasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan tizim mobil qurilmaning IMEI-kodining holatini tekshirish va sotib olishdan oldin noma'lum, klonlangan, yo‘qolgan va o‘g‘irlangan mobil qurilmani o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatlarini beradi.

IMEI-kodini SMS/USSD so‘rovlari orqali, UZIMEI rasmiy veb-saytida: www.uzimei.uz yoki 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib tekshirish mumkin.

O‘tkazilgan matbuot anjumanida muhokama qilinayotgan masalalarning O‘zbekistonning millionlab mobil aloqa abonentlari uchun katta ahamiyatiga egaligi tufayli «O‘TTBRM» DUK vakillari jurnalistlarni UZIMEI loyihasini joriy etish va amalga oshirish bosqichlari to‘g‘risida aholini keng xabardor qilish uchun yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.