
2018-yil 22-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari
to‘g‘risida" 847-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etildi.
Mazkur hujjatga muvofiq tizim operatori "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar
korxonasi etib belgilandi.
UZIMEI tizimi quyidagi maqsadlarni amalga oshirishda xizmat qiladi:
- mobil qurilmalardagi o‘ziga xos identifikasiya kodlari to‘g‘riligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash;
- mobil qurilmalardan ularning mulkdorlarini ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
- xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini olish.
2019-yil 17-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan
mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 778-son qaroriga muvofiq mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan
o‘tkazish tizimini joriy etish tartibi ishlab chiqildi.
Ushbu qaror asosida 2019-yil 1-dekabrdan boshlab mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshirilmoqda.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Payme", "Click" mobil ilovalari hamda bank orqali to‘lovni
amalga oshirish mumkin.
IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori
- Jismoniy shaxslar (rezidentlar) uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan (SIM-karta ulangan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida);
- Jismoniy shaxslar (rezidentlar) uchun – 25% bazaviy hisoblash miqdoridan (SIM-karta ulangan kundan boshlab 30 kalendar kundan so‘ng);
- Jismoniy shaxslar (norezidentlar) uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida rouming xizmatidan foydalangan jismoniy shaxslar (norezidentlar) uchun-bepul;
- Yuridik shaxslar uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan;
- Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun – 10% bazaviy hisoblash miqdoridan.
* 2019 yil 1 sentyabridan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 223 000 so‘mni tashkil etadi.
To‘lov miqdori tizim operatoriga ariza kelib tushgandan boshlab 10 kalendar kun ichida saqlanadi
Mobil qurilmani IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
- 1170 qisqa raqamiga SMS yuborib yoki *1170# USSD so‘rov orqali;
- Tizim operatori veb-saytida;
- EIDXP veb-saytida www.my.gov.uz;
- Tizim operatorida;
- Pochta aloqa bo‘limlarida.
Jismoniy shaxslarni ogohlantirish!
IMEI-kod/kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy mobil aloqa operatorlarining SIM-kartasi mobil qurilmaga
qoilgandan boshlab 30 kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak. Aks holda, ushbu muddatdan so‘ng qurilmaning
IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazilmaguncha GSM standartidagi mahalliy mobil aloqa operatorlari tamonidan
ko‘rsatiladigan xizmatlarga cheklov qoiladi.
DIQQAT!
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish qurilmani O‘zbekiston Respublikasi
hududiga olib kirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Mobil qurilma xarid qilishdan oldin qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini holatini tekshiring.
Buni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin
- Tizim operatori veb-saytida;
- 1170 qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilib;
- 1170 qisqa raqamga SMS yuborish yoki *1170# USSD so‘rovi yordamida.
Mobil qurilmaning IMEI-kodini telefon klaviaturasida *#06# kombinasiyasini terish orqali bilib olish mumkin.